Yangiliklar

Xaver: "Malkom "Zenit"ga o'tadi deb o'ylamagandim"

Rossiyaning «Zenit» klubi sport direktori Xaver Ribalta Kataloniyaning “Barselona” klubidan o'tgan Malkomning transferi haqida gapirdi.

—Malkomning agentini yaxshi taniyman, —Ribaltaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda sport24.ru. — Biz anchadan beri aloqa qilamiz, munosabatlarimiz juda yaxshi.U menga shunday imkoniyat borligini aytdi. To'g'risini aytsam, avvaliga ishonmadim, chunki Malkomda boshqa takliflar boridi. Lekin uning agenti bu ish amalga oshishi mumkinligiga meni ishontira oldi. Men bu yo'nalish bo'yicha ishlashni boshladim. Aleksandr Medvedevga Malkomni qo'lga kiritishga imkoniyatimiz borligini aytdim. Medvedov esa bunga ruxsat berdi.Keyin klub direktorlar kengashi bu bitimni amalga oshirishga rozilik berdi. Barchasi juda tez amalga oshdi. Lekin muzokara boshlangunga qadar ishlar cho'zilib ketdi. Chunki, avval agent bilan , keyin futbolchining o'zi bilan gaplashdik. Yakunda esa «Barselona» bilan muzokara olib bordik. «Barsa» bilan olib borgan muzokaramiz juda tez amalga oshdi”, - dedi Ribalta.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida