Yangiliklar

Bektemir Meliqo'zievning raqibi o'zgardi. Periban vazn tashlash jarayonida kasal bo'lib qolgan

Professional boksning super o'rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o'zbekistonlik Bektemir Meliqo'ziev (4-0, 3 KO) 14 fevral (Toshkent vaqti bilan 15 fevral tongida) kuni navbatdagi jangini o'tkazishi haqida xabar bergandik. Sportchining GoSport.uz internet-nashriga xabar berishicha, jangga bir kun qolganida raqib o'zgargan.

Ma'lum bo'lishicha, tomonlar jang chempionlik kamari uchun kechishini hisobga olib, super o'rta vazn, ya'ni 76,2 kgdan oshirmagan holda vazn o'lchash marosimidan o'tish bo'yicha kelishib olishgan, ammo jangga yaqin etarlicha vazn tashlay olmagan Marko Antonio Periban kerakli vaznga tushish uchun ortiqcha urinib yuborgan va taroziga chiqishdan oldin o'zini yomon his qilib, shifoxonaga tushib qolgan.

Bektemirning menejerlari uning uzoq vaqtdan buyon jangga tayyorgarlik ko'rganini hisobga olib, boks oqshomi tashkilotchisi Oskar de la Hoyya va Golden Boy promouterlik kompaniyasiga istalgan boshqa raqibni (175 fut, 168 fut vaznlardan) topib berishlarini so'ragan. Natijada shu vaqtga qadar o'rta vaznda faoliyat olib borayotgan meksikalik bokschi Oskar Kortes (27-5, 14 KO) Bektemirga qarshi ringga chiqishga rozi bo'lgan. Jang komissiyasi jang o'tkazilishiga ruxsat berishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, Bektemir vazn o'lchash marosimida 167,4 fut (75,9 kg) tosh bosgan.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida