Yangiliklar

Sarri: "So'nggi uch haftada ”Yuventus"ning harakati to'xtab qoldi"

Turinning «Yuventus» klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri «Milan» (1:1) klubiga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Himoyadan chiqishda va aniq paslarni amalga oshirishda raqibdan yaxshiroq harakat qildik. Harakatimiz davom etmoqda, ishlashda davom etyapmiz. Oddiy bo'lgan vaziyatlarda gol o'tkazib yuboryapmiz xuddi bugungidek. Mening fikrimcha, o'sha vaziyatda to'pni qaytarib yuborish qiyin emasdi. Ba'zida juda sekin harakat qildik va jarima maydonchasi ichida Ibragimovichga erkinlik berib qo'ydik. To'g'ri, unga uzatilgan to'plar etib bormadi, lekin uning haraktalari himoyamizga qarshilik ko'rsatdi. Himoyada etarlicha tajovuzkor o'yin namoyish eta olmadik. So'nggi uch haftada harakatlarimiz to'xtab qoldi, oddiy vaziyatlarda gol o'tkazib yuboryapmiz. Boshqa tarafdan olib qaraganda, A Seriyada eng yaxshi himoyaga ega bo'lgan klubdan atigi ikkita gol o'tkazib yubordik, shu sabab, buni katta muammo deb bo'lmaydi. 15 kun avval ajoyib formada edik, bugun avvalgiga qaraganda yomonroq, ammo yana 15 kun mobaynida avvalgi formamizga qaytib olishimiz mumkin. Futbolda bashorat qila olmaysiz, lekin bugun yoqimli lahzalarni ham ko'rdim, — Sarrining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida