Yangiliklar

Ivan Rakitich: «Ronaldu bilan bir jamoada o'ynashni istardim»

«Barselona» yarim himoyachisi Ivan Rakitich «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada o'ynash istagi borligini tan oldi.

"Messi bilan bir jamoada o'ynash — bu ajoyib. U haqiqatan ham o'zgacha o'yinchi, futbol tarixidagi eng buyugi. Futbol tarixida o'z davrining mashhurlari bo'lsa, va albatta, Messi so'nggi 15 yillikning eng zo'ri. Ha, nazarimda, u barcha zamonlarning eng yaxshi o'yinchisi. Uning o'yinini kuzatish yoqimli.

Ronaldu bilan bir jamoada o'ynashni istarmadim? Albatta, axir u ham futbol tarixidagi eng yaxshilaridan biri. Uning o'yinini kuzatish juda yoqimli. Biz barchamiz uning «Yuventus»dagi nimalar qilayotganini ko'ryapmiz. Men uni futbol tarixidagi eng yaxshilardan biri deb hisoblayman", — dedi Rakitich.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida