Yangiliklar

Rossiyaning eng muhtasham stadionlari

Stadion.uz bugundan boshlab dunyoning eng muhtasham stadionlari haqidagi qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishtirishni boshlaydi. Birinchi bo'lib Rossiyadagi eng ko'rkam 5ta arena bilan yaqindan tanishtirib o'tamiz.

5-o'rin “Sankt-Peterburg arena”

Ushbu stadionni qurish ishlari 2007-yilda boshlangan bo'lsada, 2017-yildagina qurib bitkazildi. O'yingoh dunyoning eng qimmat arenalaridan biri xisoblanadi. Qurlish boshida 7 milliard rubl sarf etilishi tahmin qilingan o'yingohni qurib bitkazish 48 millard rublga tushdi. “Zenit” klubining uy stadioni o'z bag'riga 67 ming muxlisni sig'dirishga qodir.

Qurilganiga ko'p  bo'lmay turib, stadion Konfederatsiyalar Kubogi va JCh musobaqalariga mezbonlik qilishga ham ulgurgani tahsinga sazovor. Muhanddislar Rossiyadagi eng noqulay ob-havoga ega shaxarda stadionning chimini a'lo darajada saqlab turish uchun turli zamonaviy echimlardan foydalanib kelishmoqda. Masalan, maydonning chimi avtomat ravishda stadiondan tashqariga olib chiqilishi mumkin. Bundan tashqari, arenaning yuqori qismi yomg'irli ob-havoda to'liq berkilishi.

4-o'rin “Fisht oliymic”

Kavkazdagi mashxur cho'qqilardan birining nomi bilan ataluvchi stadion 22-qishki olimpiyada o'yinlari uchun 2013-yilda qurib bitkazilgan. Uning ko'rinishini alohida qayt etib o'tish joiz. Stadion uzoqdan tog'li qoyani eslatib yuboruvchi balandlikka o'xshab bunyod etilgan.

Ma'lumotlarga qaraganda, o'yingohni qurish uchun 23,4 milliard rubl sarf etilgan. Bugungi kunda “Fisht” stadioni bir vaqtning o'zida bag'riga 45 ming muxlisni sig'dira oladi. JCh 2018 oldidan ushbu stadion qayta ta'mirlandi va 2017-yilning 28 mart kuni rasman ochilish marosimi o'tkazildi. O'sha kuni stadionga tashrif buyurgan muxlisalar Rossiya va Belgiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinga guvoh bo'lishgan.

3-o'rin “Otkritie arena”

Kuchli uchlikni Moskvaning “Spartak” klubining uy stadioni ochib beradi. Ushbu o'yingohni qurish ishlari 2007-yilda boshlangan bo'lishiga qaramay, 2014 yildagina o'z yakuniga etdi. Jamoa rahbari Leonid Fidunning aytishicha, yangi stadion “Spartak”ga 14,5 milliard rublga tushgan ekan. Ayni damda, stadion o'z bag'riga 45 ming muxlisni sig'dirishga qodir.

Stadiondagi ilk uchrashuv 2014-yilgning 5-sentyabr sanasida o'tkazilgan. Ushbu arena shuningdek, turli haykallari bilan ham Rossiyada juda mashxur. Ayniqsa, stadion oldidagi 24,5 metr balandlikka ega gladiator haykalini alohida qayd etib o'tish joiz. Shuningdek, “Otkritie arena” turli kontsert dasturlarini ham o'zida qabul qilishga qodir. Bu erda ilk bor 2015-yilda Hindiston elchixonasi tashabbusi bilan “holi” bayrami tashkillashtirilgan. Shu kunga qadar, stadion bir nechta rasmiy marosimlar va turli mashxur xonandalarning konsertlarini muvaffaqiyatli qabul qilishga ulgurdi.

2-o'rin “Kazan Arena”

Ushbu o'yingoh 2013-yilning 14-iyun sanasida ochilgan bo'lib, Qozonning “Rubin” klubi uchun uy stadioni vazifasini bajarib kelmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, o'yingohni qurish uchun 14,5 milliard rubl sarf etilgan bo'lib, muxlislarning maksimum sig'imi 45 mingni tashkil etadi. Shuningdek, ushbu stadion atrofida dunyodagi hech bir stadionlarda uchramaydigan ulkan HD formatdagi tasvitlarni namoyish etishga mo'ljallangan ekran mavjud bo'lib, u stadionning tashqi qismida joylashgan. Hayratlanarlisi shundaki, ushbu ekranning kattaligi 4,2 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Bundan tashqari, aynan “Kazan Arena” stadionlar tarixidagi ilk tekin “wifi”ni muxlislarga taklif etgani bilan ham mashxur.

O'yin chog'ida, stadion 45 ming muxlisning barchasini tekin “Wi Fi” bilan ta'minlashga qodir.Stadionning ichida bir yo'la 400 ta videokamera to'xtovsiz ishlab turadi. Stadionning kirish-chiqish eshiklari shu qadar qulay o'rnatilgan-ki, muxlislarning barchasi stadionni tark etishi uchun 8 daqiqa kifoya qiladi.

1-o'rin “Krasnodar stadium”

Bugungi kunda ushbu stadion nafaqat Rossiyadagi, balki butun dunyodagi eng zamonaviy va ko'rkam stadion xisoblanadi. Shunigdek, undagi qulayliklarni Rossiyadagi birorta boshqa stadionda uchratmaysiz. 2013-yilning aprel oyida qurilishi boshlangan arena 2016-yilning sentyabr oyida to'liq qurib bo'lingani tahsinga sazovor. “Krasnodar” klubining uy o'yinlarini o'tkazuvchi stadionning to'liq nomi “Krasnodar Stadium” bo'lib, uning qiymati 20 milliard rublga teng.

Boshqa stadionlardan farqli o'laroq, bu o'yingoh faqat futbol uchrashuvlari uchun mo'ljallangan. Shunindek, stadaion tribunalari infraqizil nurlar yordamida isitish funksiyasiga ham ega. Bu Rossiyaning sovuq iqlimida ham bemalol o'yinlarni tomosha qilish imkoniyatini yaratadi. Eng qizig'I shundaki, stadionning rasmiy tablosi mavjud emas. O'yin haqidagi barcha ma'lumotlar tribunaning yuqori qismida o'rnatilgan va butun stadionni qamram olgan ekranlarda aks etadi. 2016-yilda “Krasnodar stadium” stadion.db nashri tomonidan dunyoning eng yaxshi futbol stadioni deb e'tirof etilgani bejiz emas.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida