Angliya premyer-ligasi

APL. «Arsenal» muhim ochkolarni qo'ldan boy berdi (videosharh)

Angliya chempionatining 5-turi doirasida "Arsenal" safarda "Uotford" klubi mehmoni bo'ldi.

"Kanonirlar" birinchi bo'limda ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bahsning 22 va 32-daqiqalarida Per-Emerik Obameyang raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Ikkinchi bo'limda esa mezbonlar faol o'yin namoyish qila boshlab, hisobni bittaga qisqartirishdi. "Uotford"ning urinishlari o'yin so'ngida yana bir marta samara keltirdi. David Luis o'z jarima maydonchasi ichida raqib futbolchisini chalib yiqitdi. Pereyra penaltidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa, "Arsenal" ketma-ket uchinchi o'yinda g'alaba qozona olmayapti. Emeri shogirdlari 8 ochko bilan jadvalda 7-o'rinni band etishgan.

Angliya premer-ligasi, 5-tur
Uotford – Arsenal 2:2 (0:2, 2:0)
Gollar: 0:1 – 21 Obameyang, 0:2 – 32 Obameyang, 1:2 – 53 Kleverli, 2:2 – 81, penalti Pereyra.
Uotford – Foster, Femeniya, Douson, Kabasele, Xolebas (Yanmat, 78), Dukure, Kapu, Xyuz (Pereyra, 63), Kleverli, Deulofeu, Grey (Sarr, 54).
Arsenal – Leno, Meytlend-Naylz, Papastatopulos, David Luiz, Kolashinats, Djaka, Genduzi (Torreyra, 67), Sebalos (Uillok, 60), Ozil (Nelson, 71), Pepe, Obameyang.
Ogohlantirishlar: Kolashinats (43), Xolebas (45), Genduzi (45), Femeniya (56), Leno (76), Kapu (90).

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив