Angliya premyer-ligasi

APL. «Lester Siti» «Tottenxem» ustidan irodali g'alabaga erishdi

Angliya chempionatining 6-turidan o'rin olgan “Lester” hamda “Tottenxem” o'rtasidagi o'yin yakunlandi. Mazkur bahsda maydon egalari 2:1 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvning 16-daqiqasida maydon egalari hisobni ochgan edi, biroq hakam VAR’ga murojaat etib, golni bekor qildi.

Uchrashuvda hisobni mehmonlar futbolchisi Keyn ochgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda Rikardu hisobni tenglashtirdi.  G'alaba to'pini “tulkilar” futbolchisi Meddison urishga erishdi va jamoasining g'alabasini taminladi.

Lester – Tottenxem 2:1

Gollar: 0:1 – 29 Keyn, 1:1 – 69 Rikardu Pereyra, 2:1 – 85 Meddison.

Lester – Shmeyxel, Evans, Seyundjyu, Rikardu Pereyra, Chiluell, Meddison, Tilemans (Chouduri, 84), Ndidi, Barns (Grey, 82), Peres (Prat, 67), Vardi.

Tottenxem – Gassaniga, Ore, Alderveyreld, Rouz, Vertongen, Sissoko (Vanyama, 67), Ndombele (Lukas Moura, 86), Lamela (Eriksen, 79), Uinks, Son Xyon Min, Keyn.

Ogohlantirishlar: Sissoko (19), Vanyama (71), Grey (83).

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив