Angliya premyer-ligasi

«Manchester Yunayted» Sulsherga so'nggi imkoniyatni berdi

«Manchester Yunayted» rahbariyati oktyabr oyi oxiriga qadar bosh murabbiy Ule-Gunnar Sulsherga imkoniyat berishga qaror qildi.

Jamoa Angliya chempionati doirasida «Liverpul» (20 oktyabr) va «Norvich» (27 oktyabr) klublariga qarshi o'ynaydi. Bundan tashqari mankunianliklarni 24 oktyabr kuni Evropa ligasining 3-turidan o'rin olgan «Partizan»ga qarshi o'yin kutib turibdi. Mana shu uchrashuvlar Sulsher taqdirini hal qilib beradi.

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko'ra, "MYu" rahbariyati jamoa «Liverpul»ga yutqazsa, bunga kutilmagan hol sifatida qaramaydi. Ammo klub «Norvich»ga yutqazib qo'ysa, APLni tark etuvchi hududga tushib qoladi. Natijada Sulsher iste'foga chiqarilishi mumkin.

Shu yilning mart oyida Sulsher «Manchester Yunayted» bilan 3 yillik shartnoma imzolagan edi. Jamoa Premer-liganing 8ta turidan keyin 9 ochko bilan jadvalda 12-o'rinni egallab turibdi.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив