Angliya premyer-ligasi

APL. «MYu» «Liverpul» bilan o'yinda g'alabani qo'ldan chiqardi (videosharh)

Angliya premer-ligasining 9-turi doirasida markaziy o'yin "Old Trafford"da bo'lib o'tdi. "Manchester Yunayted" o'z uyida "Liverpul"ni qabul qilib, durangga imzo chekdi.

O'yin xavfli vaziyatlarga boy bo'lmadi. Jamoalar asosan yopiq o'yin namoyish qilishdi. Bugungi uchrashuvga Saloh kabi ijodkor futbolchi etishmadi.

Bahsning 36-daqiqasida mezbonlar hisobni ochishdi. Mankunianliklar maydon markazida Origidan to'pni olib qo'yib, qarshi hujumga asos solishdi. Jeyms o'ng qanotdan etkazgan uzatmani Reshford yaqin masofadan darvozaga burib qo'ydi. VAR "MYu" hujum boshlashdan avval Origiga nisbatan fol ishlatildimi yoki yo'qmi, vaziyatni tekshirib, golni inobatga olish haqida qaror chiqardi.

Yurgen Klopp ikkinchi bo'limda bir nechta o'zgarishlarni amalga oshirib, raqib mudofaasini yorib o'tishga harakat qilgan bo'lsa, Sulsher asosiy e'tiborni himoyaga qaratib, qarshi hujumda payt poyladi. O'yin tugashiga 5 daqiqa qolganida liverpulliklarga omad kulib boqdi. Chap qanotdan etkazilgan uzatma himoyachilar orasidan o'tib ketdi va Lallana bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi.

Shu tariqa, "Liverpul"ning g'alabali o'yinlar seriyasi uzilib qoldi. Ammo jamoa mag'lubiyatdan chiqib ketdi. Endi "qizillar" 2-o'rindagi "Manchester Siti"dan 6 ochko oldinda bormoqda.

Angliya premer-ligasi, 9-tur
MANChESTER YuNAYTED - LIVERPUL' - 1:1 (1:0)
Gollar: 1:0 – 36 Reshford, 1:1 – 85 Lallana.
Manchester Yunayted – De Xea, Yang, Uan-Bissaka, Lindelef, Roxo, Djeyms, Maktomini, Pereyra (Uilyams, 90), Fred, Maguayr, Reshford (Marsyal, 84).
Liverpul – Alisson, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Matip, Fabino, Veynaldum (Keyta, 82), Xenderson (Lallana, 71), Mane, Origi (Oksleyd-Chemberlen, 60), Firmino.
Ogohlantirish: Fabino (70).


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив