Angliya premyer-ligasi

APL. «Manchester Siti» safarda g'alaba qozondi, Jezus dublga erishdi

Angliya premer-ligasining 15-turiga start berildi.

Dastlabki o'yin «Kristal Pelas» va «Bornmut» jamoalari o'rtasida o'tkazildi. Uchrashuvning 19-daqiqasida mezbonlar himoyachisi Mamadu Sako maydondan chetlatildi. Qiziq tomoni, 70 daqiqadan ko'proq vaqt mobaynida bir kishi kam bo'lib o'ynagan "Pelas" g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi. O'yin tugashiga 14 daqiqa qolganida Shlupp bahsdagi yagona golni raqib darvozasiga joyladi. Ushbu g'alaba tufayli «Kristal Pelas» 21 ochko bilan jadvalda 5-o'ringa ko'tarilib oldi.

«Manchester Siti» esa safarda «Byornli» mehmoni bo'lib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. Maydon egalari faqatgina birinchi bo'limda "shaharliklar"ga qarshilik ko'rsata olishdi. 24-daqiqada Jezus hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi bo'lim boshida uning o'zida ikkinchi golni urdi. Rodri Ernandes va Riyod Mahrezning gollari tufayli hisob 0:4ga etganidan keyin mezbonlar bitta javob to'pini kiritishdi.

Ushbu g'alaba tufayli Gvardiola jamoasi 32 ochko jamg'arib, 2-o'rindagi "Lester" bilan tenglashib oldi.

Angliya chempionati, 15-tur
Kristal Pelas – Bornmut 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 76 Shlupp.
Kristal Pelas – Guaita, Kelli, Tomkins, Sako, van Anxolt (Shlupp, 29), Taunsend (Makkarti, 46), Kuyate, Milivoevich, Makartur, Zaa, Ayyu.
Bornmut – Remsdeyl, Smit, Mifem, Ake, Riko (Frensis, 64), Uilson, Lerma, Billing (Kuk, 82), Danjuma (Freyzer, 64), Solanke, Uilson.
Ogohlantirishlar: Solanke (63), Lerma (68), Milivoevich (71), Makkarti (72), Billing (78), Makartur (85).
Chetlatish: Sako (19).

Byornli – Manchester Siti 1:4 (0:1, 1:3)
Gollar: 0:1 – 24 Gabriel Jezus, 0:2 – 50 Gabriel Jezus, 0:3 – 68 Rodri Ernandes, 0:4 – 87 Mahrez, 1:4 – 89 Breydi.
Byornli – Poup, Bardsli, Tarkovski, Mi, Piters, Lennon, Drinkuoter (Barns, 59), Kork, Maknil (Breydi, 75), Xendrik, Vud (Rodriges, 59).
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Otamendi, Fernandino (Erik Garsiya, 85), Anxelino, de Bryuyne (Foden, 80), Rodri Ernandes, Silva, Bernardu Silva, Gabriel Jezus, Sterling (Mahrez, 72).
Ogohlantirishlar: Bernardu Silva (15), Xendrik (86).


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив