Angliya premyer-ligasi

Pogba «Tottenxem»ga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogba Angliya chempionatining 15-turi doirasida bo'ladigan «Tottenxem»ga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi. Bu haqda mankunianliklar bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher ma'lumot berdi.

«Pol hali o'ynashga tayyor emas. U sidqidildan ishlamoqda. Ko'ramiz, uning tiklanishi uchun qancha vaqt kerak bo'lar ekan», – dedi Sulsher.

Pogba so'nggi marta 30 sentyabr kuni «Arsenal»ga qarshi o'yinda (1:1) maydonga tushgan edi. O'shandan beri u jarohatini davolab kelmoqda.

«Manchester Yunayted» – «Tottenxem» o'yini bugun tunda — Toshkent vaqti bilan 00:30da «Old Trafford»da bo'lib o'tadi.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив