Angliya premyer-ligasi

Saloh APLning keyingi mavsum startini o'tkazib yuborishi mumkin

Angliyaning “Liverpul” klubi hujumchisi Muhammad Saloh Misr Olimpiya terma jamoasi bilan birga 2020 yili bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlariga ishtirok etadi.

Misr olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Shauki Garib Muhammad Salohni Olimpiada o'yinlariga olib ketmoqchi.

"Biz milliy terma jamoaning uch nafar asosiy futbolchilarini chaqiryapmiz. Biz hozircha faqatgina Muhammad Salohning nomzodida to'xtadik. Hozircha bu haqda Mhammadning o'zi bilan muzokara olib bormadik, biroq Olimpiadada qatnashish undan ko'proq kuch talab qiladi", - Garibning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda KingFut.

Eslatib o'tamiz, Olimpiada o'yinlari 24 iyuldan 9 avgustga qadar Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo'lib o'tadi. Agar Saloh ushbu olimpiada o'yinlaridan qatnashishga rozi bo'lsa, u holda “Liverpul” tarkibida APLning keyingi mavsum start o'yinlarida maydonga tusha olmaydi.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив