Germaniya Bundesligasi

Klinsman: «Klubda kelishmovchiliklar ko'p bo'ldi»

Germaniyalik murabbiy Yurgen Klinsman nima uchun “Gerta” klubini tark etganini tushuntirib berdi.

«Menda amalga oshirish qiyin bo'lgan o'ziga yarasha shartlar bor edi. Menda taqqoslash uchun omil borligini hisobga olib, bu haqda jiddiylik bilan gapirishim mmkin, chunki bundan oldin Angliya, Italiyava Frantsiya davlatlarida yashaganman.

Nemis futbolida murabbiyning o'ziga xos hususiyati jamoaga yaqin bo'lish va har bir futbolchini qiziqtirish. Buni Angliya bilan taqqoslab, ajoyib farqlarni sezasiz. Tumanli Albionda har bir murabbiy klubning menejeri va klub xo'jayini hisoblanadi.

Men «Gerta»da etarli darajadagi kuchga ega emasdim, chunki bu erda hamma o'z ovozini berish huquqiga ega. Men yakuniy qarorni bosh murabbiy qabul qilish kerak deb hisoblayman», — dedi Yurgen Klinsman.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив