Ispaniya La Ligasi

La liga. «Barselona» «Valensiya»ga imkoniyat qoldirmadi (videosharh)

Ispaniya chempionatining 4-turi doirasida markaziy o'yin bo'lib o'tdi. "Barselona" o'z uyida "Valensiya"ni yirik hisobda mag'lub etdi.

Kataloniyaliklar uchrashuvni juda shiddat bilan boshlashdi. Ikkinchi daqiqada de Yongning uzatmasidan keyin Ansuman Fati hisobni ochdi. Oradan 5 daqiqa o'tib 16 yoshli futbolchi chap qanotdan jarima maydoniga kirib, 3 himoyachini ortda qoldirdi va uzatma berdi. Frenki de Yong yaqin masofadan darvozani ishg'ol qildi. 2:0.

Birinchi bo'limning 31-daqiqasida "ko'rshapalaklar" chiroyli hujum tashkil qilib, hisobni qisqartirishdi va o'yinga intrigani qaytarishdi.

Ikkinchi bo'limda ham maydon egalari tashabbusni o'z tomonlarida saqlab turib, yaratilgan vaziyatlardan samarali foydalanishdi. Ayniqsa, zaxiradan maydonga tushgan Luis Suares ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'yin so'ngida "Valensiya" ikkinchi to'pni raqib darvozasiga joyladi. Yakuniy hisob — 5:2.

"Barselona" o'z ochkolarini 7taga etkazib, jadvalda 4-o'ringa ko'tarilib oldi.

Ispaniya La ligasi, 4-tur
Barselona – Valensiya 5:2 (2:1, 3:1)
Gollar: 1:0 – 2 Fati, 2:0 – 7 de Yong, 2:1 – 27 Gameyro, 3:1 – 51 Pike, 4:1 – 61 Suares, 5:1 – 82 Suares, 5:2 – 90 Maksi Gomes.
Barselona – ter Stegen, Pike, Semedu, Langle, Alba, Buskets, Artur (Vidal, 73), Fati (Suares, 60), de Yong (Rakitich, 70), Karles Peres, Grizmann.
Valensiya – Sillessen, Gayya, Gabriel Paulista, Garay, Vass, Parexo, Koklen, Ferran Torres (Li Kan In, 67), Gedesh (Cheryshev, 67), Rodrigo (Maksi Gomes, 72), Gameyro.
Ogohlantirishlar: Rodrigo (31), Alba (53), Li Kan In (69), Maksi Gomes (78), Cheryshev (84).

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив