Ispaniya La Ligasi

La liga. «Real Sosedad» durang o'ynab, 1-o'ringa ko'tarildi

Ispaniya chempionatining 13-turi doirasida «Real Sosedad» o'z uyida «Leganes»ni qabul qilib, g'alabani qo'ldan chiqardi.

San-Sebastyanliklar 63-daqiqada Merinoning goli evaziga hisobni ochishdi. Ammo bahs tugashiga 12 daqiqa qolganida En-Nesiri hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi.

Ushbu bir ochko tufayli «Real Sosedad» o'z ochkolarini 23taga etkazib, hozircha 1-o'ringa ko'tarilib oldi.

Ispaniya chempionati, 13-tur
Real Sosedad – Leganes 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 63 Merino, 1:1 – 78 En-Nesiri.
Real Sosedad – Remiro, Saldua (Elustondo, 84), Le Norman, Lorente, Monreal, Yanuzay (Sangali, 69), Subeldiya, Merino, Portu, Villian Joze (Isak, 78), Oyarsabal.
Leganes – Kuelyar, Rosales, Bustinsa, Omeruo, Siovas, Rodriges, Oskar Rodriges (Karrilo, 70), Mesa, Resio, Arnais (En-Nesiri, 46), Breytueyt (Ruibal, 88).
Ogohlantirishlar: Resio (2), Monreal (19), Bustinsa (38), Rodriges (57), Omeruo (86), Rosales (90), Merino (90).
Chetlatish: Rodriges (90).


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив