Ispaniya La Ligasi

La Liga. «Atletiko» «Espanol»ni ishonchli tarzda mag'lub etdi

"Atletiko" o'z maydonida "Espanol"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi. Kataloniya klubi 38-daqiqada Serxi Darderaning goli evaziga oldinga chiqib olgan edi, lekin "matraschilar" Anxel Korreaning harakatlari bilan birinchi bo'lim oxirida hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo'limda Alvaro Morata va Koke "Atletiko"ning g'alabasini ta'minladi.

"Atletiko" - "Espanol" 3:1
Gollar: Korrea (45), Morata (58), Koke (90+1) - Darder (38).

"Atletiko": Oblak, Tripper, Ermoso, Felipe, Saul, Tomas, Koke, Vitolo (Lemar, 75), Errera, Korrea (Lorente, 89), Morata (Diego Kosta, 80).

"Espanol": Diego Lopes, Viktor Gomes, Espinosa, David Lopes, Xavi Lopes, Darder, Roka, U Ley (Kampusano, 59), Sanches (Melendo, 72), Naldo (Didak Vila, 18), Ferreyra.

Ogohlantirishlar: Saul, Tomas – Naldo, Kampusano.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив