Ispaniya La Ligasi

«El-klasiko» kuni xavfsizlik ta'minlanmasa, «Real» futbolchilari samolyotdan tushishmaydi

"Real" klubi "el-klasiko" bo'lib o'tadigan 18 dekabr kuni Kataloniyadagi xavfsizlik borasida xavotirga tushmoqda. Bu haqda El Chiringuito jurnalisti Josep Pedrerol xabar tarqatdi.

"Agar "Barselona" klubi "Real" o'yinchilari va klub xodimlari xavfsizligini ta'minlamaydigan bo'lsa, "Qirollik klubi" samolyotdan tushmaydi", — deya ma'lumot berdi jurnalist Josep Pedrerol.

Avvalroq 18 dekabr kuni "Kamp Nou" stadioni yaqinida norozilik aktsiyasi o'tkazilishi rejalashtirilayotgani haqida ma'lumot tarqatilgan edi. Ma'lumotlarga qaraganda, ushbu aktsiyada ishtirok etish uchun 18 ming nafar odam ro'yxatdan o'tgan. Shu bois, muxlislar stadionga kira olmay qolishi mumkin.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив