Italiya A seriyasi

Ronaldu A seriyada o'ziga xos natija qayd etdi

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2018/19 yilgi mavsumda o'ziga xos natija qayd etdi. U Italiya chempionati doirasida ketma-ket 9ta safar o'yinida (2018 yilning sentyabr oyidan — 2019 yilning fevral oyigacha) gol urishga muvaffaq bo'ldi.

A seriyada g'alaba uchun 3 ochko berish tizimi joriy etilgan yildan boshlab Italiya chempionatidagi debyut mavsumda bunday natijani ilk marta Ronaldu qayd etdi.

Portugaliyalik futbolchi A seriyaning yakunlangan mavsumida jami 31ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol urdi va 8ta golga uzatma berdi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив