Italiya A seriyasi

A seriya. «Milan» bir kishi ko'p bo'lib o'ynab, kichik hisobda g'alaba qozondi (videosharh)yo

Italiya chempionatining 3-turi doirasida "Milan" safarda "Verona" klubi mehmoni bo'lib, kichik hisobda g'alaba qozondi.

Uchrashuvning 21-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Stempinski maydondan chetlatildi. U oyog'ini baland ko'tarib, "Milan" futbolchisi elkasiga zarba berib yubordi.

Milanliklar maydonda bir ko'p bo'lib qolishganiga qaramay, raqib darvozasiga yo'l topishlari qiyin kechdi. Faqatgina ikkinchi bo'lim o'rtalariga kelib, "Verona" darvozasi tomon penalti belgilandi va undan Kshishtof Piontek samarali foydalanib, hisobni ochdi.

Mazkur gol o'yinda yagonaligicha qoldi. Ushbu g'alabadan keyin "rossoneri" o'z ochkolarini 6taga etkazib oldi.

Italiya A seriyasi, 3-tur
Verona – Milan 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 68, penalti Piontek.
Verona – Silvestri, Rraxmani (Tutino, 79), Kumbula, Gyunter, Faraoni, Amrabat, Velozu, Lazovich, Verre (Pessina, 67), Stempinski, Dzakkani (Di Karmine, 79).
Milan – Donnarumma, Kalabriya, Musakko, Romanoli, Rodriges, Kessie, Bigliya, Chalxanoglu, Suso, Lukas Paketa (Rebich, 46), Piontek.
Ogohlantirishlar: Piontek (24), Lukas Paketa (35), Velozu (39), Gyunter (64), Amrabat (74), Silvestri (85), Rebich (86).
Chetlatish: Stempinski (21), Kalabriya (90+4).

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив