Italiya A seriyasi

A seriya. «Inter» «Yuventus»ga mag'lub bo'ldi (videosharh)

Italiya chempionatining 7-turi doirasida peshqadam jamoalar to'qnash kelishdi. "Inter" va "Yuventus" jamoalari muxlislarga qiziqarli o'yin namoyish qilib berishdi.

Uchrashuv turinliklar uchun omadli boshlandi. Bahsning 4-daqiqasida Ronaldu maydonda jarohat olib yotganiga qaramay turinliklar hujum tashkil qilishdi. Dibala oson bo'lmagan vaziyatda zarba berib, Xandanovichni dog'da qoldirdi.

Oradan 5 daqiqa o'tib Krishtianu hisobdagi farqni oshirishi mumkin edi. Uning 16 metrdan yo'llagan zarbasi natijasida to'p to'singa tegib qaytdi. 19-daqiqada esa to'p Mattias de Ligtning qo'liga tekkani uchun hakam "Yuventus" darvozasi tomon penalti belgiladi va o'z qarorini VAR yordamida tekshirib oldi. Lautaro Martines 11 metrli jarima zarbasidan golga aylantirib, hisobni tenglashtirdi.

Oradan 10 daqiqa o'tib Martines jamoasini oldinga olib chiqishi mumkin edi. Uning zarbasini Shchesni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Bo'limga 3 daqiqa qolganida Ronaldu "Inter" darvozasiga to'pni yo'lladi, ammo unga uzatma bergan Dibala ofsaydda bo'lgani uchun gol bekor qilindi.

Ikkinchi bo'lim ham xavfli vaziyatlarga boy bo'ldi. Dastlab Dibala yakkama-yakka vaziyatda "neradzurri" posbonini dog'da qoldira olmagan bo'lsa, Vesinoning zarbasidan keyin to'p de Ligt orqali "Yuventus" darvozasi ustuniga tegdi. Bahsning 80-daqiqasida esa mehmonlar yaxshi kombinatsiya tashkil qilishdi hamda Gonsalo Iguain milanliklar darvozasini ishg'ol qildi.

"Inter" hisobni tenglashtirishga yaqin kelgan edi, ammo Vesino yakkama-yakka vaziyatda Voytsex Shchesnini dog'da qoldira olmadi.

Ushbu g'alabadan keyin "Yuventus" o'z ochkolarini 19taga etkazdi hamda "Inter"ni quvib o'tib, jadvalda 1-o'ringa ko'tarilib oldi.

Italiya A seriyasi, 7-tur
Inter – Yuventus 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 4 Dibala, 1:1 – 18, penalti Martines, 1:2 – 80 Iguain.
Inter – Xandanovich, Godin (Bastoni, 54), de Vrey, Shkrinyar, D`Ambrozio, Barella, Brozovich, Sensi (Vesino, 34), Asamoa, Lukaku, Martines (Politano, 78).
Yuventus – Shchensni, Kuadrado, Bonuchchi, de Ligt, Aleks Sandro, Xedira (Bentankur, 62), Pyanich, Matyuidi, Bernardeski (Iguain, 62), Ronaldu, Dibala (Emre Jan, 71).
Ogohlantirishlar: Aleks Sandro (13), Emre Jan (84), Pyanich (85), Vesino (88), Barella (90).


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив