Italiya A seriyasi

A seriya. «Milan» yangi murabbiy bilan so'nggi daqiqada g'alabani qo'ldan chiqardi (videosharh)

Italiya chempionatining 8-turi doirasida «Milan» o'z maydonida «Lechche»ni qabul qildi.

Yangi tayinlangan Stefano Pioli "rossoneri" o'yiniga o'zgartirish kiritishga harakat qilayotgani bu bahsda sezildi. O'yin boshidan raqib darvozasi tomon bosim uyushtirgan milanliklar 20-daqiqada hisobni ochishdi. Olis masofadan etkazilgan uzatmani Cholhono'g'lu raqib jarima maydoni ichida o'ziga bo'ysundirdi va o'tkir burchak ostida kuchli zarba berib, darvozani ishg'ol qildi.

Ikkinchi bo'lim o'rtalarida hakam VAR yordamida "Milan" darvozasi tomon penalti belgiladi. Yo'llangan zarbani Donnarumma qaytardi, ammo qaytgan to'pga birinchi bo'lib etib kelgan El-Babakar hisobni tenglashtirdi.

O'yin tugashiga 9 daqiqa qolganida Cholhono'g'lu jamoadoshi bilan "devor" o'ynab jarima maydoniga kirib bordi va Pyontekka aniq pas berdi. Kshishtof bir urinishda to'pni darvozaga joylab qo'ydi.

O'yinga qo'shib berilgan daqiqalarda Kalderoni jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba Pioli jamoasini g'alabadan mahrum qildi.

Italiya chempionati, 8-tur
Milan – Lechche 2:2 (1:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 20 Chalxanoglu, 1:1 – 62 El-Babakar, 2:1 – 81 Piontek, 2:2 – 90 Kalderoni.
Milan – Donnarumma, Konti, Musakko, Romanoli, Teo, Lukas Paketa (Krunich, 67), Bigliya, Kessie (Rebich, 80), Suso, Rafael Leau (Piontek, 67), Chalxanoglu.
Lechche – Gabriel, Mekkarello, Luchoni, Rossettini, Kalderoni, Maer (Petrichchone, 64), Taxtsidis, Tabanelli, Mankozu, Falko (Farias, 46), El-Babakar (Lapadula, 82).
Ogohlantirishlar: Maer (44), Rossettini (76), Bigliya (85).


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив