Italiya A seriyasi

Gattuzo: «Hali vazifa bajarilmadi»

Italiyaning «Napoli» klubi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Italiya Kubogi yarim final dastlabki uchrashuvda “Inter” klubi ustidan qo'lga kiritilgan g'alaba haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Inter”dek kuchli klubga qarshi turish uchun etarlicha hurmat ko'rsatish kerak. Futbolchilarim o'yin uchun bor kuchlarini berishdi. Bu natija uchun har birini tabriklab chiqishim kerak va ulardan mavsumning har bir o'yini uchun mana shunday tayyorgarlik ko'rishlarini talab qilaman. Raqiblarimizni hurmat qilishimiz juda muhimdir, lekin o'z rejamizdan uzoqlashmasligimiz kerak.

Uchrashuvning birinchi bo'limida jamoa oldiga qo'yilgan vazifani etarlicha bajardik. Hujumlarni katta ishonch bilan amalga oshirdik. Mehmonlarning bosimi ostida qolib, ikkinchi bo'limda bunday ko'p xatolarga yo'l qo'yishga haqqimiz yo'q edi. Hali oldimizga qo'yilgan vazifa bajarilmadi. Bizni ko'p ishlar kutmoqda», — dedi Djennaro Gattuzo.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив