Italiya A seriyasi

Pioli: «Bizda katta imkoniyat bor»

Italiyaning «Milan» klubi bosh murabbiyi Stefano Pioli Italiya Kubogi yarim final doirasida Turinning «Yuventus» klubiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Ushbu uchrashuvnning birinchi bo'limida “Milan derbisi”da “Inter”ga qarshi ko'rsatgan o'yinimizni namoyish etishimiz kerak. Garchi, o'sha uchrashuvda ochko ololmagan bo'lsakda, o'sha uchrashuv orqali jamlagan tajribamizni hech narsaga almashmaymiz. «Neradzurilar» o'sha uchrashuvda bizga dars o'tishdi.

Oldimizda turgan uchrashuv «Milan» uchun muhim ahamiyat kasb etadi, chunki biz muxlislar qarshisida tiklanib boryapmiz. “Milan” Kubokni yutish uchun ajoyib imkoniyatga ega. Agar biz hal qiluvchi bahsga kirisha olsak, bu biz uchun ulkan muvaffaqiyat hisoblanadi. Klubimizning barcha a'zosi bu qiyinchilikka tayyor turibdi», — dedi Stefano Pioli.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив