Italiya A seriyasi

"Milan" rahbariyatida kelishmovchiliklar paydo bo'ldi

Italiyaning "Milan" klubi rahbariyati  jamoaga yangi murabbiy olish kelish borasida hali aniq bir reja yo'q deya xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.

Nashrning tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, “Milan” klubi texnik direktori Paolo Maldini va futbol bo'limi boshlig'i Zvonimir Bobanlar jamoaga Massimiliano Allegrini qaytarishni xohlamoqda.

O'z navbatida "rossonerlar" bosh direktori Ivan Gazidis jamoaga Ralf Rangnikni olib kelishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq “Milan”ga bosh murabbiy sifatida Andrey Shevchenko va Marselino Garsiya Torallarning nomzodlari ko'rilayotgandi. Ayni paytda jamoani Stefano Pioli boshqarmoqda.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив