JCh - 2022 Qatar

JCh-2022 ikkita davlatda o'tkazilishi mumkin

FIFA kengashi Mayamida majlis o'tkazib, 2022 yilda bo'lib o'tadigan Jahon chempionati musobaqasini ikkita davlatda o'tkazish masalasini muhokama qiladi.

Bunga FIFAning musobaqa ishtirokchilari sonining 48 taga ko'paytirish istagi sabab bo'lmoqda.

JCh-2022 21 noyabrdan 18 dekabrgacha Qatarning 7 ta shahri: Doxa, Lusail, Al-Vaqra, Al-Xor, Al-Rayyan, Umm-Sallal va Ash-Shamalda o'tkazilishi kerak. Avvalroq FIFA prezidenti Janni Infantino 2022 yilgi mundial ishtirokchilari sonini oshirish va o'yinlarni Qatar hududidan tashqarida ham o'tkazish varianti borligini ma'lum qilgan edi.

Qatar bilan JCh o'tkazishda sherik bo'lishga asosiy da'vogarlar Quvayt va Ummon bo'lib turibdi. Ushbu mamalakatlar Fors ko'rfazida yuzaga kelgan siyosiy ziddiyatda Qatar bilan betaraflar.

"Jahon chempionatining qo'shimcha mezbonlari ma'lum talablarga javob berishi, birinchi o'rinda Qatar hukumati tomonidan ma'qullanishi kerak", - deyiladi FIFA hisobotida.

Bu masala 15 mart kuni tashkilotning Mayamidagi majlisida ko'rib chiqiladi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив