JCh - 2022 Qatar

FIFA: JCh-2022 ishtirokchilari sonini 48taga oshirish imkoniyati bor

Jahon chempionati ishtirokchilari sonini oshirish bo'yicha ish olib borayotgan FIFA kengashi navbatdagi yig'ilishni o'tkazdi. Ushbu g'oyani 2022 yilgi Mundialdan boshlab amalga oshirish uchun texnik imkoniyatlar mavjud degan qarorga kelindi.

Shu bilan birgalikda, FIFA prezidenti Janni Infantinoning ta'kidlashicha, jamoalar soni 48taga etkazilsa, ba'zi jamoalar Qatarda emas, qo'shni mamlakatlardan birida yashashi mumkin.

Bu borada yakuniy qaror 2019 yilning iyun oyida qabul qilinishi kutilmoqda.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив