JCh - 2022 Qatar

JCh-2022. Qatar 32 ishtirokchi-jamoaga mos tayyorgarlik ko'rmoqda

Qatarning JCh-2022 tashkiliy qo'mitasi 32 ishtirokchiga mo'ljallangan tayyorgarlik rejasi bilan ishlashda davom etmoqda.

Eslatib o'tamiz, musobaqa ishtirokchilari sonini 48 taga oshirish masalasi ochiq bo'lib turibdi. Yakuniy qaror iyunda bo'lib o'tadigan FIFA Kongressida chiqariladi.


"Yakuniy qaror Qatar va FIFA tomonidan chiqariladi. Bu vaqtgacha jahon chempionatiga tayyorgarlikni 32 jamoaga mo'ljallangan dastur dbo'yicha davom ettiramiz", - deyiladi bayonotda.

JCh-2022 21 noyabrdan 18 dekabrgacha Qatarning 7 shahrida bo'lib o'tadi:Doxa, Lusail, Al Vaqra, Al Xo'r, Ar Rayyan, Umm Salal va Ash Shamal. Agar 48 ta ishtirokchiga ruxsat berilsa o'yinlar Quvayt yoki Ummonda ham o'tkazilishi mumkin.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив