JCh - 2022 Qatar

17 aprel kuni Osiyoda JCh-2022 saralash bosqichiga qur'a tashlanadi

Osiyo qit'asida JCh-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo'shma saralashining dastlabki bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Tadbir 17 aprel kuni Malayziya poytaxti Kuala Lumpur shahrida Toshkent vaqti bilan 07:00da boshlanadi.

1-saralash bosqichi
FIFA reytingida eng quyi o'rinlarni egallab turgan 12ta terma jamoa qur'a orqali 6ta juftlik hosil qilishadi.
1-savatcha: Malayziya, Kamboja, Makao, Laos, Butan, Mo'g'uliston
2-savatcha: Bangladesh, Guam, Bruney-Dorussalom, Sharqiy Timor, Pokistan, Shri-Lanka.

Uy-safar tizimida o'tadigan ikkita o'yindan iborat bosqichda g'olib chiqqan 6ta jamoa keyingi bosqichga yo'l olishadi. Bu bosqich bahslari shu yilning 6 va 11 iyun kunlari o'tkaziladi.

2-saralash bosqichi:
Birinchi bosqichdan o'tgan 6ta jamoa Osiyoning qolgan 34ta termasi safiga qo'shiladi. 40ta terma jamoa 5tadan 8ta guruhga bo'linadi. Guruh g'oliblari (8) va 2-o'rinlar orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgan 4ta terma keyingi bosqichga chiqadi. Mazkur 12ta terma jamoa Osiyo kubogi-2023 yo'llanmasini ham qo'lga kiritadi. Bu bosqich o'yinlari 2019 yilning 5 sentyabridan 2020 yilning 9 iyuniga qadar o'tkaziladi.

3-saralash bosqichi
12ta terma jamoa 6tadan 2ta guruhga bo'linadi. Uchinchi bosqich o'yinlari 2020 yilning 3 sentyabridan 2021 yilning 12 oktyabriga qadar o'tkaziladi. FIFA JCh-2022da nechta jamoa ishtirok etishiga oydinlik kiritganidan keyin Osiyoga qancha kvota ajratilishi aniq bo'ladi. Mundial yo'llanmalari egalari nomi ushbu bosqichda aniq bo'ladi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив