JCh - 2022 Qatar

Eronlik ayollarga JCh-2022 saralashida stadionlarga kirishga ruxsat beriladi

Eron futbol federatsiyasi JCh-2022 saralash bosqichi o'yinlarida ayollarning stadionlarga kirishlariga ruxsat berishga rozi bo'ldi.

Bugun FIFA Janni Infantinoning maktubiga Eron futbol federatsiyasi rahbari Mehdi Tojdan ijobiy javob xati olinganini ma'lum qildi.

Biroq qaror kuchga kirishi uchun mamlakat hukumatining ruxsati ham kerak bo'ladi.

Eronda 1979 yilgi Islom inqilobidan so'ng 1981 yildan boshlab ayollarning stadionlarga kirishlari taqiqlangan.

Eron termasi JCh-2022 saralash bosqichida Iroq, Bahrayn, Kamboja va Gongkong bilan bir guruhda o'ynaydi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив