JCh - 2022 Qatar

O'zbekiston terma jamoasi oq, Yaman termasi esa qizil liboslarda o'ynaydi

Bilasiz, ertaga Osiyo yashil maydonlarida Jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichi uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

“D” guruhi doirasida O'zbekiston milliy terma jamoasi o'z maydonida Yaman bilan bahs yuritadi.

Bugun mazkur o'yin oldidan har ikki jamoa rasmiylari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda uchrashuvning barcha tashkiliy jihatlari muhokama etildi va jamoalar ertangi bahsni qanday liboslarda o'tkazishlariga oydinlik kiritildi. Unga ko'ra, ertaga O'zbekiston terma jamoasi oq rangdagi formada maydonga chiqadi. Yaman milliy terma jamoasi esa qizil rangdagi sport liboslarida harakat qiladi. Bosh jamoamiz darvozaboni egnida esa yashil rangli forma bo'ladi.

Mazkur uchrashuv ertaga, 10 oktyabr kuni Toshkent shahridagi “Paxtakor” markaziy stadionida soat 17:00da boshlanadi.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив