Osiyo Chempionlar ligasi

"Paxtakor" Eron jamoalariga qarshi Toshkentda muvaffaqiyatli o'ynab keladi

"Sherlar" Osiyo klublari musobaqalarida Eron jamoalari bilan 17 marta to'qnash kelishgan.

"Shahr Xodro" bilan jamoamiz ilk bor to'qnash keladi. Bunga qadar Eronning jami 8 klubiga qarshi klublar musobaqalarida to'qnash kelingan. Demak, Mashhad shahri jamoasiga qarshi o'yin bilan "Paxtakor" va Eron klublari o'rtasidagi yangi qarama-qarshilik boshlanadi.

Eronliklarga qarshi bellashuvlarda "Sherlar" ijobiy natijalar qayd etib keladi. Jami 17 bellashuvning 11tasida "Paxtakor" zafar quchgan. Ikki o'yinda durang qayd etilib, raqiblar 4 bor g'alaba qozongan. Raqib darvozasiga 24 to'p kiritilib, 16 gol o'tkazib yuborilgan. Toshkentda 9 uchrashuvning barchasida "Sherlar" ustun kelishgan. Raqiblar darvozalariga 15 gol urilib, 4 to'p o'tkazib yuborilgan.

Umid qilamizki, 17 fevral uydagi 10-g'alaba ham qo'lga kiritiladi.

Eron jamoalariga qarshi o'yinlardagi natijalar:

✔️Zobaxan - 2:0, 0:1
✔️Naft - 2:1, 1:1
✔️Saba - 2:1, 2:0
✔️Sepaxan - 2:1, 0:2
✔️Traktorsozi - 1:0, 0:2
✔️Fulad - 2:0, 3:1
✔️Istiqlol - 2:1, 2:4
✔️Persepolis - 1:0, 1:1, 1:0


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив