Osiyo kubogi

O'zbekiston turnirni boshini baland ko'tarib tark etdi.

Taqdirning shavqatsiz xohishi evaziga uchralgan mag'lubiyat ertangi g'alabaning kaliti bo'lib xizmat qilishini ko'p bor guvohi bo'lganmiz.

Bugungi tun o'zbek futbol muxlislarining hayotlaridagi eng uzuni bo'lsa, ajab emas, lekin tan olaylik futbolchilarimiz bugun maydonda borini berishdi.

Ektor Kuper o'z falsafasini jamoaga singdira olganini uchrashuvda gol o'tkazib yubormaganimiz bilan bemalol izohlasak bo'ladi.

Bu turnirda jamoamiz sharafini munosib himoya qilgan futbolchilarimizga hech kimda negativ fikr bo'lmasa kerak. Zero, ular bugun o'z bo'ylaridanda balandroq sakray olishdi.

O'yin haqidagi fikrimni bir og'iz so'z bilan ifoda etaman: Bizning milliy terma jamoamiz ENGILMADI! Shunchaki, omad bizdan yuz ogirdi, xolos.

Ektor Kuper 4 oydan sal ko'proq vaqt mobaynida «nimadir» qila oldi. O'zbek futboliga begona bo'lgan tartibli himoyaning hidi jamoamiz o'yinidan shundoq kelib turipti.

Bu maqola bugungi o'yinning antiqahramonlarini oqlash, yoki boshqa maqsadda yozilmadi. Bugungi tunni xuddi mendek yuragi o'rtanib, qanday o'tkazishni bilmay, dunyolarga sig'may ketayotgan fanatlar ko'nglidagi mag'lubiyat alamiga ozgina bo'lsada malham bo'lishini xohladim, xolos.Bu turnirdagi qayd etgan natijamizdan qat'iy nazar terma jamoam bilan fahrlanaman. Ular bugun Osiyo kubogining amaldagi chempionlari bilan arslonlardek so'nggi soniyalargacha kurashishdi, lekin futbolda omad deb ataladigan shavqatsiz faktor bugun eng hal qiluvchi pallada Avstraliya tomoniga o'tib ketdi…

Hayot o'z ritmida davom etmoqda. Bugungi mag'lubiyatimiz ertangi kunga bo'lgan ishonchimizni zarracha ham kamaytirmasligi shart! Sababi, biz hali «katta» maydonlarga, «katta» g'alabar uchun, albatta, qaytamiz.

Yahyoxo'ja Ulug'xo'jaev

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив