Osiyo kubogi

Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi iste'foga chiqishini ma'lum qildi

Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi Xuan Antonio Pitstsi Osiyo Kubogi nimchorak finalida Yaponiyaga qarshi kechgan va 0:1 hisobidagi mag'lubiyat qayd etilgan o'yindan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida iste'foga chiqishi haqida e'lon qildi. Chililik mutaxassis shartnoma uzaytirilmasligini tasdiqlagan.

Ma'lumot uchun,  50 yoshlik murabbiy Saudiya Arabistoni terma jamoasi boshqaruviga 2017 yil kuzida kelgandi, u o'shanda lavozimda 2 oy ishlagan Edgardo Bausuni almashtirgandi.

Eslatib o'tamiz, u faoliyati davomida "Universidad Katolika", "Rosario Sentral", "San-Lorenso", "Valensiya" va boshqa klublarda ham ishlagan.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив