Osiyo kubogi

Asian Cup. Sensatsiyalar davom etadi. Avstraliya musobaqani tark etdi!

Osiyo kubogi chorak finaldan o'rin olgan BAA hamda Avstraliya o'rtasidagi bahs yakunlandi. Unda musobaqa mezbonlari kichik 1:0 hisobida g'alaba qozonib sensatsion tarzda Avstraliyani uyga jo'natib yubordi.

Uchrashuv avstraliyaliklarning qator hujumlari bilan boshlandi, taym mobaynida ustunlik “kengurular” tomonida bo'ldi. Biroq tanaffusgacha gol urish jamoalarga nasib etmadi.

Ikkinchi bo'lim ham “yashil qit'a” vakillarining bosimida boshlandi, biroq gol urish amirliklarga nasib etdi.

68-daqiqada Milosh Degenek himoyada qo'ol xatoga yo'l qo'ydi, buning natijasida Ali Mabxut raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va uni ham aldab o'tib, hisobni ochdi.

Qolgan vaqtda Avtraliya terma jamoasi vakillari kuchli bosimni tashkil qilishdi, biroq bundan samara bo'lmadi.

Shu tariqa, o'yindagi bitta xato tufayli avstraliyaliklar turnirni tark etishdi. BAA esa so'nggi yarim finalchiga aylandi. Ular final yo'llanmasi uchun Qatar billan kuch sinashadi.

Osiyo Kubogi-2019

Chorak final

BAA – Avstraliya 1:0 (0:0, 1:0)

Gol: 1:0 – 68 Mabxut.

BAA – Essa, Faris Juma, Volid Abbos, Muhammad Ahmad (Halifa Al-Hammadiy, 18), Ahmad Ismoil, Bandar Muhammad, Ma'jid Hassan, Salmin, Ismoil Matar (Abdurraxmon, 52), Ali Mabxut, Al-Hammadi (Rashid, 88).

Avstraliya –  Metyu Rayan, Milosh Degenek, Trent Seynsberi, Aziz Bexich, Mark Milligan, Jekson Irvin, Rayan Grant, Kris Ikonomidis, Yannu, Jeymi Maklaren (Lekki, 60), Robbi Kruz (Aver Mabil, 73).

Ogohlantirishlar: Kruz (44), Al-Hammadiy (61), Abbos (78).

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив