Osiyo kubogi

Asian Cup. Qatar termasi o'z tarixida ilk bor finalga yo'l oldi

Osiyo Kubogi-2019 musobaqasining yarim finalidan o'rin olgan Qatar va BAA terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv o'z nihoyasiga etdi. “Muhammad Bin Zayd” stadionida bo'lib o'tgan bahsda qatarliklar yirik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritishdi.

Shu tariqa, Qatar o'z tarixida birinchi bor Osiyo Kubogi finaliga yo'l oldi va 1 fevral kuni Yaponiya bilan hal qiluvchi bahsda ishtirok etadi

Osiyo Kubogi-2019
Yarim final

Qatar – BAA 4:0 (2:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 22 Huhi, 2:0 – 37 Ali, 3:0 – 81 Al-Haydos, 4:0 – 90+4 Halifa.

Qatar – Al-Sheb, Salim Al-Hajri, Abdulkarim Hassan, Pedru Korrea, Karim Budiaf, Tariq Salmon, Bualim Huhi, Umar Madibo, Akrom Afif (Ismoil Halifa, 90+3), Al-Moiz Ali (Alaa Ahmad, 87), Hassan Al-Haydos.

BAA – Xolid Issa, Fariz Juma, Ismoil Ahmad, Volid Abbos, Hassan Salmin, Amir Abdurrahmon (Ismoil Matar, 46), Ahmad Ismoil, Bandar Muhammad, Rashid Shamayli (Muhammad Abdulrahmon, 70), Ali Mabxut, Ismoil Al-Hammadiy (Ahmad Halil, 51).

Ogohlantirishlar: Matar (55), Budiaf (62), Alaa (87).

Chetlatish: Ahmad Ismoil (89).

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив