Osiyo kubogi

Osiyo kubogi finalini Ermatov boshqaradi

Osiyo kubogining final o'yiniga o'zbekistonlik hakamlar guruhi tayinlandi. Yaponiya va Qatar terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlarimiz boshqarib borishadi.

FIFA referisiga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi.

Musobaqa davomida Ermatov Suriya - Falastin (guruh bosqichi, 1-tur), Vetnam - Yaman (3-tur), Yaponiya - Saudiya Arabistoni (nimchorak final), Janubiy Koreya - Qatar (chorak final) bahslarida bosh hakam sifatida ishlagandi. Final esa uning turnirdagi beshinchi o'yini bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Ravshan Ermatov Osiyo kubogi-2011 (Avstraliya - Yaponiya) finalini ham boshqargandi.

Osiyo kubogi-2019. Final
YaPONIYa - QATAR
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O'zbekiston)
Qanot hakamlari: Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov (ikkisi — O'zbekiston)
Zaxira hakami: Ma Ning (Xitoy)
Video assistent hakam: Paolo Valeri (Italiya)
Video assistent hakam yordamchilari: Muhammadd Taqi Bin Jahari (Singapur) va Kristofer Bit (Avstraliya)

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив