Osiyo kubogi

Andrey Fyodorov: «Shunday o'yinlar orqali jamoa tarbiyalanadi»

Lokomotiv" - "Al Vahda" (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Barchani g'alaba bilan tabriklayman. Kechagi matbuot anjumanida aytganimdek, "Al Vahda" o'zgargan. Raqiblar tartibli o'yin namoyish qilishdi. Bizning ilk bo'limga tanlagan taktikamiz ish berdi. Ikkinchi bo'limning oxiri esa biroz asabiy o'tdi. Bunday o'yinlar orqali jamoalar tarbiyalanadi, xarakter kuchayadi.

Birinchi bo'limda ko'plab hujumlar qilganimiz bois katta kuch yo'qotdik. Shu sababli ikkinchi bo'limda to'pni yo'qotish holati ko'p bo'ldi. Jamshid o'yinni yuqori saviyada o'tkazdi. Charchagani bois uni almashtirdik va Shog'ulomov hamda Amonov orqali qanotlarni ishlatishga harakat qildik. Menimcha bu yomon emas", -deydi Fyodorov.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив