1000.png
Toshkent +23°C
Sport yangiliklari » Yevropa Futboli » Yulduzli tarkibning muvaffaqiyatsizligi yoxud Belgiyaning sovrin yuta olmayotganiga sabab nimada?
Barcha xabarlar

Yulduzli tarkibning muvaffaqiyatsizligi yoxud Belgiyaning sovrin yuta olmayotganiga sabab nimada?

 Yillar o‘tib boraveradi va hammaning yoshi yana bir yoshga ulg‘ayib boraveradi. Shunchaki, bu hayot falsafasi. O‘sha falsafaga e’tibor qilsak hamma qarishda davom etadi. 25 yoshli futbolchi va 35 yoshli futbolchining orasida katta farq bo‘lib qolaveradi. Ayniqsa, jismoniy holat mukammallik darajasini yo‘qotadi. Har bir jamoa o‘z tarkibini tajribali qariyadan ko‘ra ko‘proq umidli yoshlar bilan to‘ldirishni istaydi. 10 yil oldin Belgiya futbol kelajagini yorqin bo‘lishi taxmin qilinar edi. Yakundachi, hammasi boshqacha bo‘lib bormoqda “oltin” avlod yildan-yilga qariyalarga aylanib o‘z o‘yinini yo‘qotib boraveryapti. Keling bugun Belgiyaning yulduzli avlodi nega sovrin yuta olmayotgani haqida so‘z olib borsak.
Yaqin o‘tmishdagi natijalar
Yevro 2016dan buyon Belgiya o‘zi qatnashgan musobaqadagi 3 favoritdan biri sifatida tilga olinadi va yakunda esa hech qanday sovrinsiz uylariga qaytishadi. To‘g‘ri jamoaning tarkibi 2014 yilgi Jahon chempionatida ham kuchli bo‘lgan lekin, u payti hali tajribasiz hisoblangan yevropaliklar favoritlar qatorida e’tirof etilmagan. Shu tufayli ham guruhdan chiqqach Argentinaning to‘sig‘idan o‘ta olmagan. Yevro 2016da esa jamoaning tarkibi ancha yulduzli va iqtidorli yoshlardan iborat edi. Ammo Mark Vilmots shogirdlari o‘sha chempionatda guruhdan 2-o‘rinni egallab nimchorak finalga yo‘l olgan. O‘sha bosqichda Belgiyaga Vengriya raqiblik qildi va o‘yin 0-4 hisobida belgiyaliklar foydasiga hal bo‘lgan. Portugaliya bilan 3-3 o‘ynagan Vengriyani shunday yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratgandan so‘ng, hamma ularni yaqqol yetakchi sifatida qabul qilishdi. Chorak finalda ham raqib unchalik jiddiy emas edi. Beyl boshchiligidagi UYElsning yengish unchalik qiyinchilik tug‘dirmasligi kerak edi. Ammo yakunda unday bo‘lmadi Vilmots shogirdlari UYElsga 3-1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Agar Belgiya o‘sha o‘yinda yutganida Portugaliya bilan ro‘baro kelar edi. Portugallar esa yakunda UYElsni yutib finalga chiqishdi va finalda ham g‘alaba qozonib Yevroni yutib ketishdi.
Jahon chempionati 2018 ham Belgiyani muxlislar va mutaxassislar favorit sifatida qayd etdi. Guruh bosqichida Belgiyaning asosiy raqibi inglizlar bo‘lishi kutilgan edi va yakunda ham shunday bo‘ldi. Belgiya va Angliya birinchi 2 turda g‘alaba qozondi va 3-turda o‘zaro to‘qnash keldi. Belgiya Adnan Yanuzayning goli tufayli o‘yinda minimal hisobda g‘alaba qozondi. Nimchorak finalda Yaponiyani mag‘lub etdi chorak finalda esa chempionlik bo‘yicha rekordchi Braziliyani uyiga qaytarib yubordi. Yarim finalda Fransiya Belgiyani Umtitining yagona goli evaziga mag‘lub etdi. 3-o‘rin uchun baxsda Roberto Martines shogirdlari yana inglizlarga qarshi maydonga tushishdi va 2-0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu Belgiyaning oxirgi yillardagi eng yaxshi natijasi hisoblanadi. Belgiya Yevro 2020da ham osonlikcha guruh bosqichidan chiqib so‘ng Portugaliya bilan o‘ynaydigan bo‘ldi. Portugaliyani minimal hisobda yengdi va chorak finalda Italiyaga qarshi maydonga tushishdi. O‘yin boshlanishidan oldin favorit hisoblangan Belgiya yakunda 2-1 hisobida yutqazib qo‘ydi. Italiya o‘sha chempionatda g‘olib bo‘lgani esingizda. Yaqinda o‘z nihoyasiga yetgan Millatlar ligase ham yodingizda bo‘lsa kerak. Yarim finalda yutib turgan joyida Fransiyaga yutqazdi 3-o‘rin uchun bahsda esa Italiya Belgiyani yutib ketdi.


Omadsiz qur’a

Belgiya odatda guruhdan 1-o‘rin bo‘lib chiqadi va bu ularga omadsizlik taqdim etadi. Jahon chempionati 2018da Angliyani guruh bosqichida yutib 1-o‘rin bo‘lib chiqdi va yarim finalda Fransiyaga duch keldi. Chorak finalda Braziliya bilan o‘ynagan edi. Agar Belgiya ikkinchi o‘rin bo‘lib chiqqanida chorak finalda Kolumbiya yarim finalda Xorvatiya bilan o‘yin o‘tkazar edi. Qaysi tomonda raqiblar kuchsizroq ekanligini solishtirib ko‘rishingiz mumkin. Finalda Fransiya bilan duch kelganda o‘yin bir muncha farqliroq bo‘lar edi. Yevro 2020da Belgiya guruhdan yana 1-o‘rin bo‘lib chiqdi va ular tomonda Italiya, Portugaliya va Ispaniya bor edi. Daniya esa Belgiya bor guruhda 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi va ularda Angliyadan boshqa jiddiy raqib bo‘lmadi. Bu ham Belgiyaga yetishmagan omad.


O‘yin uslubi

Belgiya har qanday natija va har qanday bosqichda bir xil o‘yin ko‘rsatadi. 3 himoyachi bilan xujumkor o‘yin ko‘rsatadigan jamoa tajribali raqib uchun yengishning imkoni bor to‘siqdek ko‘rinadi. Aynan shu o‘yin uslubi Roberto Martinesning oyog‘idan chalmoqda. Erkin va yoyilib o‘ynaydigan jamoani Italiya qiyinchiliksiz mag‘lub eta oldi, sababi ular himoyalanishni yaxshi bilishadi. Millatlar ligasida Fransiyaga qarshi yarim finalda ham xuddi shunday bo‘ldi. Agar Belgiya xujumkorlikni yig‘ishtirib natijaga o‘ynaganda katta ehtimol hisob 2-1 bo‘lar va ular finalga chiqar edi.

Yetakchidagi kamchilik
Belgiyaning yetakchisi Azar yoki De Bryuyne bo‘lishi mumkin. Lekin ularning jamoaga baqirib Ramos yoki Tiyagu Silva kabi boshqarganini ko‘rganmisiz. Yo‘q, ular unday qilishmaydi faqat o‘z futbolini o‘ynaydi va jimgina ortga qaytadi. Azar yoki Kevin katta o‘yinlarda finallarda yuta olishmagan va ularning yetakchiligi jamoa sovrin yutishi uchun juda zarur. Uning ustiga tobora Yoshi o‘tib borayotgan yigitlar endi maydonda boshliqqa muhtoj chunki kimdir e’tiroz bildirib futbolchilarni ruxlantirib turmasa bo‘lmaydi.


Murabbiy
Roberto Martinesga nisbatan jiddiy tanqid bildirish notog‘ri. U yaxsh murabbiy faqat, natija uchun o‘ynashni o‘rganishi zarur. Chiroyli o‘yin va xujumkorlik o‘z yo‘liga ammo himoya haqida ham o‘ylash zarur. “Eng yaxshi himoya bu xujum” maqoli tobora o‘z kuchini yo‘qotmoqda bunga amal qilish doim ham qo‘l kelavermaydi. Belgiya nimadir yutishni istasa, motivasiyalarga boy, xarizmaga ega va himoyani tartiblay oladigan murabbiy olib kelishi, yoki Robertoga shularni o‘rgatishi kerak.

 

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Xato ko'rdingizmi? Uni belgilang va Ctrl + Enter tugmachalarini bosing!
Izoh qoldirish
Или водите через социальные сети
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
300.png
600.png
So'rovnoma
Оцените работу движка
300.png

Turnir jadvali

1000.png
Top haftalik
Multimedia
1000.png