1000.png
Toshkent +21°C
Sport yangiliklari » Yevropa Futboli » «Arsenal» niderlandiyalik iqtidorni nishonga olgan
Barcha xabarlar

«Arsenal» niderlandiyalik iqtidorni nishonga olgan

«Bryugge»ning 22 yoshli vingeri Noa Lang faoliyatini «Arsenal»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Voetbal 24 xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, «kanonirlar» «Bryugge» futbolchisi uchun 30 million yevro to‘lashga tayyor. Kelishuv yanvar oyida, qishki transfer oynasi ochilgan paytda amalga oshishi mumkin.

2021/2022 yilgi mavsumda Lang Belgiya chempionatida «Bryugge» tarkibida 10 ta o‘yin o‘tkazdi. Yosh gollandiyalik futbolchining hisobida 3 ta gol va 4 ta golli uzatma bor.

Shuningdek, «Arsenal»dan tashqari, Langning xizmatlariga «Lids Yunayted» ham qiziqish bildirmoqda.

Xato ko'rdingizmi? Uni belgilang va Ctrl + Enter tugmachalarini bosing!
Izoh qoldirish
Или водите через социальные сети
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
300.png
600.png
So'rovnoma
Оцените работу движка
300.png

Turnir jadvali

1000.png
Top haftalik
Multimedia
1000.png