1000.png
Toshkent +6°C
Sport yangiliklari » Yevropa Futboli » «Golden Boy»lar: mukofotning so‘nggi egalari kim edi?
Barcha xabarlar

«Golden Boy»lar: mukofotning so‘nggi egalari kim edi?

«Golden Boy» mukofoti Yevropadagi eng ko‘zga ko‘ringan va ajoyib natijalar qayd etgan yosh futbolchilarga taqdim etib kelinadi. Ushbu mukofot 2003 yilda italyan haftalik jurnali bo‘lgan «Tuttosport» tomonidan joriy etiladi. G‘olib bir kalendar yili mobaynida eng ko‘p gapirilgan va muhokamalarga sabab bo‘lgan nomzodlar ichidan tanlab olinadi. Albatta, ushbu tizim ham ovoz berishga asoslangan bo‘lib, unda Yevropaning eng mashhur va ishonchli nashrlari ishtirok etadi. Bugungi kunda ushbu nashrlarning ro‘yxati quyidagicha:

1. «Bild»(Germaniya), 2. «Blick»(Shveysariya), 3. «l'Équipe»(Fransiya), 4. «France Football»(Fransiya), 5. «Marca»(Ispaniya), 6. «Mundo Deportivo»(Ispaniya), 7. «Ta Nea»(Gresiya), 8. «Sport Express»(Rossiya), 9. «De Telegraaf»(Niderlandiya), 10. «Times»(Birlashgan Qirollik).

«Barselona» futbolchisi Pedri «Golden Boy-2021» g‘olibiga aylandi. U kuchli uchlikda Jyud Bellingem hamda Jamal Muciala bilan bellashgan edi. Ispaniyalik futbolchi haqiqatdan ham yilni ajoyib o‘tkazdi. U 2021 yilda jami 71 marta maydonga tushirilgan. Qit’a chempionatida Ispaniya tarkibida edi. Shuningdek, Pedri Tokioda kumush medalni qo‘lga kiritdi. Ro‘yxatning kuchli beshligida, shuningdek, «Leverkuzen» futbolchisi Florian Virs hamda «Barsa»ning yana bir iste’dodi Gavi ham bor edi. Ammo sovrin Pedriga nasib etdi. Quyida e’tiboringizga ushbu sovrinning so‘nggi o‘nta sohibini havola etamiz.

1. Erling Xoland (2020)

2019-20 yilgi mavsumda Xoland «BVB» hamda «Zalsburg» safida barcha turnirlarda jami 44ta gol urgan edi. Bu esa sovrin uchun kurashda uni mutlaq g‘olibga aylantirdi. U o‘tgan mavsumda ham top performer bo‘ldi. 41ta o‘yinda 41ta gol urgan Xoland, qisqa vaqt ichida katta yulduzga aylandi. Faqatgina jarohat, uni bu seriyani davom ettirishiga yo‘l qo‘ymadi.

2. Juan Feliks (2019)

Feliks nomi bizga Portugaliya chempionatidan tanish. U o‘zining debyut mavsumidayoq 15ta gol hamda 7ta assistni rasmiylashtirgan edi. Feliks Portugaliya terma jamoasida Millatlar Ligasi musobaqasining yarim finalida debyut qiladi va turnir bosh sovrinini qo‘lga kiritadi. 21 yoshli futbolchi 17 marta terma jamoada ko‘rinish bergan.

3. Matteys de Ligt (2018)

De Ligt 2018 yilgi sovrinni yutgan edi. U o‘sha paytda «Ayaks» markaziy himoyachisi sifatida harakat qilardi. Futbolchi o‘sha yili mamlakat kubogini, keyin esa bosh sovrinini ham qo‘lga kiritdi. O‘z jamoasini sardor sifatida YECHL yarim finaligacha yetaklay olgan de Ligt, keyinchalik «Yuventus»ga yo‘l oladi. U bir marotaba Italiya chempioni ham bo‘lishga ulgurdi.

4. Kilian Mbappe (2017)

Hozirda 22 yoshli hujumchi, 2018 yilda «Monako»dan «PSJ»ga ijaraga o‘tadi. Uning sotib olish shartidagi narxi 160 million funt etib belgilangan edi. U «Monako»dagi fantastik o‘yinlari sabab, ushbu mukofotni qo‘lga kiritgandi. Kilian hozirda dunyoning eng mashhur futbolchilari bo‘lgan Messi va Neymar bilan harakat qiladi. Mbappe hozirgacha proffesional tarzda 188ta uchrashuv o‘tkazib, 140 marta gol urishga erishgan.

5. Renato Sanchesh (2016)

«Lill» vakili Yevro-2016 finalidagi kutilmagan goli sabab bu mukofotni qabul qilib olgandi. «Bavariya»ga 35 million funtlik ko‘chishidan keyin, u bir yilni zahirada o‘tkazdi. U o‘sha yili Karlo Anchelotti tomonidan faqat 6 marta maydonga tushirilgan, xolos. Bunday katta omadsizlikdan so‘ng, u «Lill»ga keldi va tez orada Fransiya chempioniga aylana oldi. U hozir ham o‘z jamoasining asosiy futbolchilaridan biridir.

6. Antoni Marsyal (2015)

Odamlar «MYU» Marsyalni «Monako»dan 36 millionga sotib olinganida Ed Vudvard ustidan kulishgandi. Ammo hujumchi o‘zini ko‘rsata oldi. U 2019-20 yilgi mavsumda 23 gol urishga erishgan. Biroq shundan keyin uning tempi ancha pasayib qoldi.

7. Rahim Sterling (2014)

Uning «Man Siti»ga mojaroli ko‘chishi hammayoqda katta shov-shuv bo‘ladi. Shunga qaramay, Angliya terma jamoasi a’zosi o‘ziga sarflangan pullarni oqlay oldi. U gollari va golli uzatmalari bilan «shaharliklar»ning 2018 hamda 2019 yilgi ketma-ket chempionligiga munosib hissa qo‘shgan. Sterling klubi bilan 2023 yilgacha yangi bitim tuzgan.U bu mavsumda ham ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. Xususan, uning so‘nggi turda «Everton»ga urgan goli muxlislarni o‘ziga mahliyo qila oldi.

8. Pol Pogba (2013)

Baqquvat va serg‘ayrat yarim himoyachi «Golden Boy» sovrinini olgan paytida «Yuventus»da harakat qilardi. Pogba bundan besh yil oldin o‘sha paytda dunyo rekordi bo‘lgan 89 million funt evaziga «MYU»ga o‘tadi. Amaldagi Jahon chempioni bu mavsumda jarohat olganiga qadar yaxshi o‘yin namoyish etayotgan edi.

9. Isko Alarkon (2012)

Ispaniya bugungi kunda dunyo futbolining yarim himoyachi yetkazib beruvchi «zavod»iga aylanib qolgan. Isko ushbu zavoddan chiqqan ilk mahsulotlardan biri edi. Maydon markazida o‘ynash oson emasligini hamma biladi. U esa bu ishni qoyilmaqom qilib uddalar edi. Ayniqsa, «Malaga»dagi paytida Isko pishib yetiladi. U «Real»ning asosiy futbolchisi bo‘lishga uzoq yillar urindi. Futbolchi bunga juda ham qiynaldi. Ammo uning mahorati barchaning mehrini qozona olgan.

10. Mario Gyotse (2011)

«PSV» vakili bo‘lgan Gyotse, bir paytlar eng kuchli futbolchilar qatorida edi. Uning faoliyati qilgan eng katta xatosi «BVB»dan «Bavariya»ga yo‘l olganidir, balki. Ammo futbolchining hozirgi sovrinlar kabinetiga nazar solsangiz, u unchalik ham katta xato qilmaganiga guvoh bo‘lasiz. Shunday bo‘lsada, Gyotse Germaniya chempioni safida o‘zi istagandek o‘ynay olmadi. Futbolchining hayoti davomida qilgan eng ajoyib ishlaridan biri esa 2014 yilgi Jahon chempionati finalida gol urgani bo‘ldi. Ha, haqiqatdan ham Gyotse nomini hozir ham o‘sha gol bilan eslaymiz.

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Xato ko'rdingizmi? Uni belgilang va Ctrl + Enter tugmachalarini bosing!
Izoh qoldirish
Или водите через социальные сети
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
300.png
600.png
So'rovnoma
Оцените работу движка
300.png

Turnir jadvali

1000.png
Top haftalik
Multimedia
1000.png