1000.png
Toshkent +6°C
Sport yangiliklari » Yevropa Futboli » “YUventus” — “Atalanta” uchrashuviga oid statistika va faktlar
Barcha xabarlar

“YUventus” — “Atalanta” uchrashuviga oid statistika va faktlar

Italiya chempionatining 14-turidan o‘rin olgan markaziy "Yuventus" – "Atalanta" uchrashuvida mexmonlar kichik 0:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Quyida o‘yinga oid qiziqarli statistika va faktlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

– Turinliklar A Seriyada avgustdan beri ilk bor gol ura olmadi. 28 avgustda “Yuve” “Empoli” darvozasiga yo‘l topolmagandi (0:1);

– “Atalanta” 32 yil deganda ilk marta A Seriya doirasidagi safar o‘yinida “Yuventus”ni yengdi. 1989 yilda ham bergamoliklar 1:0 hisobida zafar quchgandi;

– “Yuventus” 10 yildan beri ilk bor ketma-ket ikki o‘yinda gol urmay mag‘lub bo‘ldi. Avvalroq jamoa “Chelsi”ga 0:4 hisobida yutqazgandi;

– “Atalanta” ketma-ket 4 o‘yindan beri “Yuventus”ga yutqazmayapti — 2 g‘alaba, 2 durang. Turinliklar so‘nggi bor 2019 yilning noyabrida “Atalanta”ni yenggandi.

Xato ko'rdingizmi? Uni belgilang va Ctrl + Enter tugmachalarini bosing!
Izoh qoldirish
Или водите через социальные сети
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
300.png
600.png
So'rovnoma
Оцените работу движка
300.png

Turnir jadvali

1000.png
Top haftalik
Multimedia
1000.png